Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Deputat faoliyati - xalq manfaatlariga xizmat qiladi!
янв.21
Xorijga xizmat safari davrida, chet ellik fuqarolar bilan uchrashuvlarda deputatlik odob-axloq qoidalari
янв.21
Deputatlarning Kengash sessiyasi, doimiy komissiya va partiya guruhi majlislaridagi odob-axloq qoidalari
янв.21
Mahalliy Kengashlar Reglamenti
янв.21
Mahalliy byudjetni tasdiqlash tartibi
янв.21
Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish – moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish yo‘lida
янв.21
Deputatlik faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashish
янв.21
Konstitutsiyani o‘rganamiz: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasi
янв.21
Deputatning xizmatdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori va kiyinish odobi
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi 8-"Erkindaryo" saylov okrugidan (O‘zLiDeP) deputat J.Jumanazarov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi K.Aytmuratov bilan birgalikda o‘z saylov okrugi hududidagi Erkindaryo suv yetkazib berish stansiyasi (EKOS) faoliyati bilan tanishish maqsadida o‘rganish olib borildi.
O‘rganish davomida ichimlik suvi yetkazib berish stansiyasining texnik holati, ichimlik suvini yetkazib berish tizimi, qurilma va uskunalarning ishlash holati hamda aholini toza ichimlik suvi bilan grafik asosida ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, suv yetkazib berishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar, ularning oldini olish choralari va xizmat sifatini yanada yaxshilash masalalari yuzasidan tegishli mutaxassislar bilan fikr almashildi. O‘rganish natijasida suv yetkazib berish stansiyasidagi suv tozalovchi filtrlar eskirib almashtirish holatiga kelib qolgan.
O‘rganish yakunida deputat tomonidan aholining sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanishini yanada mustahkamlash, stansiya faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi va bu masala yuzasidan deputatlik so‘rovi chiqarilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 4