Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Deputat faoliyati - xalq manfaatlariga xizmat qiladi!
янв.21
Xorijga xizmat safari davrida, chet ellik fuqarolar bilan uchrashuvlarda deputatlik odob-axloq qoidalari
янв.21
Deputatlarning Kengash sessiyasi, doimiy komissiya va partiya guruhi majlislaridagi odob-axloq qoidalari
янв.21
Mahalliy Kengashlar Reglamenti
янв.21
Mahalliy byudjetni tasdiqlash tartibi
янв.21
Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish – moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish yo‘lida
янв.21
Deputatlik faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashish
янв.21
Konstitutsiyani o‘rganamiz: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasi
янв.21
Deputatning xizmatdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori va kiyinish odobi
Xorijga xizmat safari davrida, chet ellik fuqarolar bilan uchrashuvlarda deputatlik odob-axloq qoidalari

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati xorijga xizmat safari davomida ham deputatlik maqomiga munosib tarzda harakat qilishi, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladigan yuksak odob-axloq va muomala madaniyatiga rioya etishi lozim.

Rasmiy delegatsiyalar tarkibida yoki chet ellik fuqarolar bilan uchrashuvlarda deputat mahalliy davlat hokimiyati vakillik organining vakili ekanligini chuqur his etishi hamda o‘zining xatti-harakati, nutqi va muomalasi orqali Kengashning obro‘-e'tibori va nufuzini munosib namoyon etishi zarur.

Shuningdek, deputat xorijiy xizmat safari davomida safarning maqsad va vazifalarini to‘liq ro‘yobga chiqarishga, O‘zbekiston Respublikasi hamda mahalliy Kengash manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashishi, xizmat safari dasturida belgilangan tadbirlarda faol ishtirok etishi lozim.

Deputat tashrif buyurgan davlatning qonun hujjatlari, urf-odatlari va an'analarini hurmat qilishi, rasmiy hamda norasmiy uchrashuvlarda xalqaro muomala va diplomatik etiket qoidalariga qat'iy rioya etishi, o‘zining xulq-atvori bilan O‘zbekistonning ijobiy imijini mustahkamlashga hissa qo‘shishi zarur.

Mazkur odob-axloq qoidalariga rioya etish deputatning kasbiy mas'uliyati, Kengash nufuzini yuksaltirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.