Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlari o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida yuksak muomala madaniyati, qonuniylik va mas'uliyat tamoyillariga qat'iy rioya etishi lozim. Deputatlik odobi Kengash faoliyatining samaradorligi, ochiqligi va jamoatchilik ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sessiya va majlislarda ishtirok etish majburiyati
Deputat Kengash sessiyalarida, shuningdek o‘zi a'zo bo‘lgan doimiy komissiya va siyosiy partiya guruhi majlislarida shaxsan ishtirok etishi shart. Agar uzrli sabablarga ko‘ra sessiya yoki majlisda qatnashishning imkoni bo‘lmasa, bu haqda Kengash raisi, Kengash kotibiyati mudiri, doimiy komissiya raisi yoki partiya guruhi rahbarini kamida bir kun oldin, favqulodda holatlarda esa sessiya yoki majlis boshlanishidan oldin xabardor qilishi lozim.
Sessiya va majlislarda deputatning odob-axloq talablari
Deputat Kengash sessiyasi, doimiy komissiya va partiya guruhi majlislarida:
Deputatning tashqi ko‘rinishi
Deputatning tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi Kengashning nufuzi hamda jamoatchilikning unga bo‘lgan hurmatini mustahkamlashga xizmat qilishi lozim. Shuningdek, deputat o‘z vakolatini tasdiqlovchi guvohnomani doimo o‘zi bilan olib yurishi hamda deputatlik ko‘krak nishonini ko‘kragining chap tomoniga taqib yurishi shart.
Odob-axloq qoidalarini buzganlik uchun choralar
Agar deputat Odob-axloq qoidalarini buzsa, sessiya yoki majlisda raislik qiluvchi:
Shaxsiy ovoz berish majburiyati
Deputat sessiya va majlislarda faqat shaxsan ovoz berishi shart. Ovoz berish huquqini boshqa deputatga yoki boshqa shaxsga topshirish qat'iyan taqiqlanadi. Bunday holatlar yuzaga kelganda, Odob-axloq komissiyasi yoki uning taklifiga ko‘ra Kengash tomonidan amaldagi qonunchilikda, jumladan "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi Qonunda nazarda tutilgan ta'sir choralari qo‘llanilishi mumkin.