1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Zarafshon shahar xotin qizlar boʻyicha hokim oʻrinbosari L.Tursunova, Oliy Majlis senati aʼzosi, shahar Kengashi deputati A.Tumishovalar tomonidan "Oltin vodiy", "Quruvchi", "Yangi Zarafshon" mahallasida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan bolalar holidan xabar olindi.