"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev boshchiligida joriy yilning 15- may kuni Maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish hamda kelgusi ustuvor vazifalar”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida mahalliy Kengashlar deputatlariga ham muhim ustuvor vazifa topshiriqlar belgilab berildi.
Ushbu topshiriqlarga asosan 9-Ziyokor saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari shahar Kengashi deputati O.Shodiev tomonidan 10-sonli umumta’lim maktabining ta’lim sifati, davomati, yaratilgan shart-sharoitlar, muammo va kamchiliklarni o‘rganildi.