Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputati Ravshan Nurnazarov tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–71-sonli Farmoni — "Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hujjat ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o'tkazildi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashishda mavjud tizimlarni yanada kuchaytirish, davlat xizmatchilarining halollik tamoyillariga qat’iy amal qilishi masalalari keng muhokama qilindi.
Ravshan Nurnazarov o‘z chiqishida korrupsiyaga qarshi kurashish — bugungi davrning eng dolzarb masalalaridan biri ekanini ta’kidlab, bank tizimidagi ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, xodimlar o‘rtasida halollik va adolat prinsiplarini mustahkamlash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.