2025-yilning 27-may kuni xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputatlari hamda kotibiyat
xodimlari uchun Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Navoiy viloyat hududiy bo‘linmasi tomonidan o‘quv-seminar tashkil etildi. O‘quv-seminarda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Navoiy viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari A.Ro‘ziqulov “Mahalliy Kengash faoliyatini yaxshilash hamda yangicha yondashuv va talablar” hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari T.Axmedov “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” mavzularida maruza qildi. O‘quv-seminar davomida deputatlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.