#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #ekspert_guruhlari
Qoryog‘di mahallasidagi bolalar maydonchasi holati o‘rganildi
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Djalolov Sanjar Gayratovich tomonidan saylov okrugi hududidagi Qoryog‘di mahallasida joylashgan bolalar maydonchasining mavjud holati joyiga chiqib o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida bolalar maydonchasining umumiy holati, o‘yin jihozlarining sozligi va xavfsizligi, hududning obodonlashtirilganlik darajasi hamda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
📊 Shuningdek, maydonchadan foydalanayotgan bolalar uchun xavfsiz, qulay va zamonaviy sharoit yaratish, mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💬 Mazkur o‘rganish davomida mahalla hududida bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun mavjud imkoniyatlarni yanada kengaytirish, bolalar maydonchasini saqlash va undan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Ekspert guruhi a’zolari hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.
📌 Bolalar maydonchasi — shunchaki o‘yin hududi emas. Bu bolalarning sog‘lom ulg‘ayishi, tengdoshlari bilan muloqot qilishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun muhim maskandir.
📇 Shu bois mahalla hududidagi bolalar infratuzilmasining holatini doimiy nazorat qilish, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va farzandlarimiz uchun munosib sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
📁 Mazkur hududdagi bolalar maydonchasining holati qoniqarli darajada emasligi ko'rib chiqildi hamda tegishli mas'ullarga ushbu joyni obodonlashtirish va soz holatga keltirish masalalarini o'rganib chiqish yuzasidan deputatlik so'rovi chiqarilishi belgilandi.