35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#Deputat_faoliyati

«Shamsiddin ota» qabristonidagi obodonlashtirish ishlari va aholi murojaati deputat e’tiborida
♻️Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati T.Xoliqov Dehqonobod mahallasida joylashgan «Shamsiddin ota» qabristonida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

♻️O‘rganish davomida mahalla aholisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Xususan, qabriston oldidan o‘tuvchi ariqdan 1–2 yildan buyon suv o‘tmayotgani, buning natijasida aholi tomorqalarini sug‘orishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

♻️Mazkur muammo joyida o‘rganilib, uni ijobiy hal etish maqsadida tegishli soha mas’ullari bilan birgalikda amaliy choralar belgilab olindi.

♻️ Deputatlik faoliyati davomida aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarga yechim topish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.                            

Slide 1 of 4