“O‘z ahvolidan o‘zi uyalgan bekatlar” — aholi muammolari deputatlar e’tiborida
📰 Tuman “Istiqbol” gazetasining 53-sonida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining aholi muammolarini o‘rganish borasidagi faoliyatiga bag‘ishlangan “O‘z ahvolidan o‘zi uyalgan bekatlar” nomli maqola chop etildi.
🔰Unda deputatlar tomonidan hududlarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularni qiynayotgan muammolar, xususan, jamoat transporti bekatlarining holati o‘rganilayotgani haqida so‘z yuritilgan.
🔎 Maqolada ko‘tarilgan masalalar aholi uchun qulay va munosib sharoit yaratish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda mas’ullar e’tiborini dolzarb muammolarga qaratish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.
📌 Aholi murojaatlari — e’tibor markazida.