35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#Deputat_nazarati

Aholi murojaati deputat nazoratiga olindi

♻️ Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati T.Xolikov tomonidan “Madaniyat” mahallasi aholisi tomonidan hududda daydi itlar ko‘payib ketgani yuzasidan yo‘llangan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.

♻️O‘rganish davomida mahalla hududidagi mavjud holat ko‘zdan kechirilib, aholining xavfsizligi bilan bog‘liq masalaga alohida e’tibor qaratildi.

♻️O‘rganish natijalariga ko‘ra, tuman Obodonlashtirish boshqarmasining tegishli xodimlariga hududda nazoratsiz yurgan daydi itlarni tutish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

♻️Aholi murojaatlarining amaliy yechimini ta’minlash va hududlarda osoyishtalikni mustahkamlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2