Xalq deputatlari tuman Kengashi 19-okrug deputati Sh.Murotov 2-sentabr kuni tumandagi 8-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilarni 1-sentabr — Bilimlar kuni hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdi.
📚 Deputat tomonidan davlatimiz rahbarining O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylari hamda o‘quvchi-yoshlariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.
📚Quvonchli lahzalarning yana bir muhim qismi — 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘alari”ning tantanali ravishda topshirildi.
📚Shuningdek, deputat tomonidan maktabdagi mavjud sharoitlar, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ta’lim jarayonining tashkil etilishi o‘rganildi.
Bilim — kelajak poydevori!