35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

🏥 21-son oilaviy poliklinikaning yangi binosida qurilish ishlari yakunlanmoqda

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 17-Yangikent saylov okrugidan saylangan deputati M. Raximov tomonidan saylov okrugi hududidagi Bo‘ston mahallasida barpo etilayotgan 21-son oilaviy poliklinikaning yangi binosidagi qurilish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida yangi binoda asosiy qurilish ishlari yakunlanganligi, hozirda atrof hududni obodonlashtirish va qolgan yakuniy ishlar amalga oshirilayotganligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri N. Kiyamov ishtirokida obyektning yakunlash bosqichidagi ishlari, hududni obodonlashtirish hamda qolgan ishlarni sifatli yakunlash masalalariga e’tibor qaratildi.

🏗 Yangi bino — aholiga yanada qulay va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 3