35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

IJTIMOIY OBYEKTLAR HOLATI O‘RGANILDI

 IJTIMOIY OBYEKTLAR HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F.Turayev tomonidan navbatdagi sessiya oldidan tumandagi ijtimoiy obyektlarning holatini o‘rganish maqsadida hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida, xususan, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari binolarining holati, ularda yaratilgan sharoitlar, mavjud muammolar hamda ob’ektlarni saqlash va ta’mirlash bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, muassasalar mas’ullari bilan suhbatlashilib, ularni qiynayotgan muammolar va takliflar tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aholiga sifatli ijtimoiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli takliflar shakllantirildi.
O‘rganishlar natijalari navbatdagi sessiyada muhokama qilinib, mas’ul tashkilotlar oldiga aniq vazifalar belgilash va ularning ijrosini deputatlik nazoratiga olish maqsad qilindi.