Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida Yunusobod tumanidagi “Adolat” mahallasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📚Tadbir doirasida xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ashrapova I. tomonidan mahalla yoshlariga turli yo‘nalishlardagi badiiy va ilmiy kitoblar sovg‘a qilindi.
🌿Ushbu ezgu tashabbus yoshlarni mutolaa qilishga, bilim olishga va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga undash, shuningdek, kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.
✨Kitob — tafakkur manbai, ma’rifat esa kelajak poydevoridir!
Bizni kuzatishda davom eting!