35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

AVLODLAR DAVOMIYLIGI — MILLAT BOYLIGI”

Maktabda yosh avlodni milliy qadriyatlar, kattalarga hurmat va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, shuningdek, avlodlar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.

🤝Tadbirda xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ashrapova I., nuroniylar, ustozlar hamda yoshlar ishtirok etdi.

✅Suhbat davomida nuroniylar va ustozlar o‘zlarining hayotiy tajribalari, yoshlar esa o‘z fikr va intilishlari bilan o‘rtoqlashdilar. Samimiy muloqot davomida yoshlarga ta’lim olish, kasb-hunar egallash, Vatanga sadoqat va jamiyat hayotida faol ishtirok etish borasida qimmatli tavsiyalar berildi.

🌸Bunday uchrashuvlar avlodlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

✨Uch avlod — bir maqsad, bir Vatan, bir kelajak! 🇺🇿

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4