35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

OZON QATLAMINI HIMOYA QILISH — EKOLOGIK BARQARORLIKNING MUHIM OMILI

16-sentabr — Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi hamda Gidrometeorologiya xizmati agentligi hamkorligida “Global iqlim o‘zgarishlari sharoitida ozon qatlamini himoya qilishning ilmiy-huquqiy yechimlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

🌿Tadbirda ozon qatlamini muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, iqlim o‘zgarishlarining atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish hamda ushbu yo‘nalishda ilmiy va huquqiy yondashuvlarni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

👩‍💼Mazkur muhim tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Yunusobod tumani Kengashi xalq deputati Voropayeva Natalya Viktorovna ham ishtirok etdi.

🌿Atrof-muhitni asrash — bugungi kun mas’uliyati va kelajak avlodlar oldidagi burchimizdir!

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3