Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining 2026-yil 16-sentabrdagi III-24-72-14-206K/26-sonli qarori qabul qilindi.
📊Qaror doirasida 2026-yil II choragida Yunusobod tumanida aholi murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilindi. Hisobot davrida Prezident Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga 7 978 ta murojaat kelib tushgani, ularning 5 849 tasi fuqarolarga tegishli ekani qayd etildi.
📌Qaror bilan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, takroriy murojaatlarning oldini olish, sayyor va shaxsiy qabullar samaradorligini oshirish, muammolarni joyida o‘rganish hamda ularni tezkor hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
🤝Fuqarolar murojaatlari — muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashning muhim vositasidir.
Bizni kuzatishda davom eting!