Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Mahalla ko‘chalarining tungi yoritilishi va piyodalar yo‘laklari deputat nazoratida

💡 Mahalla ko‘chalarining tungi yoritilishi va piyodalar yo‘laklari deputat nazoratida

📍 Xalq deputatlari tuman Kengashining 19-Ibn Sino saloy okrugi deputati M.Turopova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Abraxmatovlar tomonidan Obod MFY hududida mahalla ko‘chalarining tungi yoritilishi hamda piyodalar yo‘laklarining holatini o‘rganish maqsadida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

🔍 O‘rganish davomida:

✅ ko‘chalardagi tungi yoritish tizimining holati;
✅ yoritish ustunlari va chiroqlarning sozligi;
✅ piyodalar yo‘laklarining mavjudligi hamda texnik holati;
✅ fuqarolarning xavfsiz harakatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🤝 Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan joyida muloqot o‘tkazilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, nosoz yoritish moslamalarini ta’mirlash, zarur hududlarda qo‘shimcha yoritish vositalarini o‘rnatish hamda piyodalar yo‘laklarini belgilangan talablar asosida ta’mirlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🌿 Deputatlik nazorati davomida aholi uchun xavfsiz va qulay infratuzilmani yaratish, mahalla ko‘chalarining tungi vaqtdagi yoritilganlik darajasini yaxshilash hamda piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri ekani alohida ta’kidlandi.

📌 Mazkur yo‘nalishdagi deputatlik nazorati tadbirlari kelgusida ham tizimli ravishda davom ettiriladi.