Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЎҚУВЧИЛАР ХАВФСИЗЛИГИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЕР ЧЕГАРАСИ ВА КЎЧА ДЕВОРИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНМОҚДА
янв.21
РАДИВОН МАҲАЛЛАСИДА ЁШЛАР УЧУН ЯНГИ СПОРТ ИМКОНИЯТЛАРИ ЯРАТИЛАДИ
янв.21
НУРАФШОН МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАР БИР ЁШГА — ИМКОНИЯТ, ҲАР БИР ИҚТИДОРГА — ШАРОИТ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ПРОФИЛАКТИК ИШЛАР: «НАМУНАЛИ МАҲАЛЛА» ТАЖРИБАСИ
янв.21
60-МАКТАБДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ЯНГИЛАНИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛДИ
янв.21
ЁШЛАРНИНГ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШ БЎЙИЧА ФУҚАРОНИНГ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Tuman yoshlar shtabi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy-tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Abdixayomova tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini tizimli hal etish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish maqsadida faoliyat yuritayotgan tuman shtabida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida shtab tomonidan yoshlarning ijtimoiy holati, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, doimiy ish bilan ta’minlanishi, tadbirkorlikka jalb qilinishi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yechimlar ishlab chiqish jarayonlari ham tahlil qilindi.

🔺Deputat yoshlar yetakchilari bilan muloqot davomida har bir yoshning muammosini manzilli o‘rganish, kasbga o‘qitish, bandlikni ta’minlash, imtiyozli kreditlar va davlat dasturlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirdi.

Slide 1 of 2