Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi 14-Xamza saylov okrugi deputati Avazov Azamat Rajabovich tashabbusi bilan Buyuk ipak yo‘li mahallasidagi ASR PAXTASI F.X. hududida yoshlar uchun ajratilgan tomorqa yerlarida suv ta’minoti bilan bog‘liq muammo bartaraf etildi.
Deputat tashabbusi asosida so‘nggi 3 kun davomida hududda 1600 metr uzunlikdagi sug‘orish arig‘i ekskavator yordamida tozalandi. Shuningdek, suv xo‘jaligi xodimlari tomonidan 6 dona lotok almashtirildi.
Mazkur ishlar natijasida yoshlarning dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratildi.
Deputat tashabbusi bilan amalga oshirilgan ushbu ezgu ishlar yoshlar bandligini ta’minlash va ularning daromadini oshirishga xizmat qiladi.