Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЭКОЛОГИК МАДАНИЯТНИ ЮКСАЛТИРИШГА ҚАРАТИЛГАН ТАДБИР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ ЖАРАЁНИ ТИЗИМЛИ ТАШКИЛ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МФЙДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ИШЛАР БОШЛАНМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТ ВА АҲОЛИ УЧРАШУВИ: МАҲАЛЛА ТИНЧЛИГИ — УСТУВОР ВАЗИФА
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАР ЕЧИМИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ТАЪЛИМ ВА КУТУБХОНА ШАРОИТЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: БОЛАЛАР ХАВФСИЗЛИГИ МАСАЛАСИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ЙЎЛ ИНФРАТУЗИЛМАСИ
DEPUTATLAR TARG‘IBOT TADBIRLARIDA

 Jumladan, xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi deputatlari Oribjon Tupayev, Ne’matjon Sultonov, Lazizjon Usmonov “Sobirjon” mahalla
fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida mahallaning faollari va oqsoqollari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, “Xalq bilan birga” umummilliy dasturining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.
 

Uchrashuv jarayonida dastur doirasida aholi turmush darajasini oshirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahallalarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek oqsoqollar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Targ‘ibot tadbiri so‘ngida mahalla faollari yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirib, “Xalq
bilan birga” umummilliy dasturi doirasidagi ishlarda faol ishtirok etishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.
 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi