Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЭКОЛОГИК МАДАНИЯТНИ ЮКСАЛТИРИШГА ҚАРАТИЛГАН ТАДБИР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ ЖАРАЁНИ ТИЗИМЛИ ТАШКИЛ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МФЙДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ИШЛАР БОШЛАНМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТ ВА АҲОЛИ УЧРАШУВИ: МАҲАЛЛА ТИНЧЛИГИ — УСТУВОР ВАЗИФА
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАР ЕЧИМИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ТАЪЛИМ ВА КУТУБХОНА ШАРОИТЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: БОЛАЛАР ХАВФСИЗЛИГИ МАСАЛАСИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ЙЎЛ ИНФРАТУЗИЛМАСИ
"Alpomish" mahallasida I chorak sarhisobi: Amaliy natijalar va raqamlar tahlili

⏺O‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida o‘tkazilib, "mahalla yettiligi"ning natijadorligiga e’tibor qaratildi.

💬Jumladan:

✔️Hokim yordamchisi faoliyati:

Mahalladagi 15 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi.

5 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyati uchun imtiyozli kreditlar ajratildi.

📌Xususan: Fuqaro S.Allanazarovaga tikuvchilik faoliyatini kengaytirish uchun 50 million so‘m miqdorida kredit mablag‘i berilib, o‘zini-o‘zi band qilishi ta’minlandi.

✔️Xotin-qizlar faoli faoliyati:

Ijtimoiy himoyaga muhtoj 101 nafar ayol "Ayollar daftari"ga kiritilib, manzilli yordamlar belgilandi.

Oila barqarorligini ta’minlash maqsadida 2 ta nizo bosqichidagi oila yarashtirildi.

Xotin-qizlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 4 nafar ayolga "Himoya orderi" rasmiylashtirildi.

Jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan 1 nafar ayolning bandligi ta’minlanib, ijtimoiy hayotga moslashishiga ko‘maklashildi.

✔️Profilaktika inspektori faoliyati:

Mahalla hududida jinoyatchilikning oldini olish va jamoat tartibini saqlash borasidagi ko‘rsatkichlar tahlil qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.

🫥Deputat mahalla mas’ullarining I chorakdagi faoliyatini ijobiy baholab, kelgusida aholi muammolarini hal etishda raqamlardan ko‘ra ko‘proq insoniy natijalarga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

Slide 1 of 2