Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЭКОЛОГИК МАДАНИЯТНИ ЮКСАЛТИРИШГА ҚАРАТИЛГАН ТАДБИР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ ЖАРАЁНИ ТИЗИМЛИ ТАШКИЛ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МФЙДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ИШЛАР БОШЛАНМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТ ВА АҲОЛИ УЧРАШУВИ: МАҲАЛЛА ТИНЧЛИГИ — УСТУВОР ВАЗИФА
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАР ЕЧИМИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ТАЪЛИМ ВА КУТУБХОНА ШАРОИТЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: БОЛАЛАР ХАВФСИЗЛИГИ МАСАЛАСИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ЙЎЛ ИНФРАТУЗИЛМАСИ
AYOLLAR VA BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISh – DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR YO‘NALISHI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-33-son Farmoni qabul qilinishi mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, ayniqsa, ayollar va bolalarni har qanday tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqmoqda.

Mazkur Farmon doirasida ishlab chiqilgan qonun loyihasining parlament quyi palatasida birinchi o‘qishda muhokama qilinib, Senatga yuborilgani — bu masalaning naqadar dolzarb ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Xususan, jinsiy erkinlikka, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlarni tergov qilish vakolatining prokuratura organlariga o‘tkazilishi taklifi huquqni muhofaza qilish tizimini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Bu o‘zgarish, birinchi navbatda, tergov jarayonlarida yagona yondashuvni ta’minlash, jinoyatlarni tezkor va xolisona ochish hamda jabrlanuvchilar, ayniqsa, bolalar manfaatlarini ishonchli himoya qilish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, voqea joyini sifatli ko‘zdan kechirish, dalillarni to‘plash va huquqiy baholash
jarayonlarida professionallik darajasi oshishi kutilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, PF-33-son Farmoni va u doirasidagi qonunchilik tashabbuslari inson huquqlarini himoya qilish, ayniqsa, himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash borasida muhim qadam bo‘lib, mamlakatimizda adolat va qonuniylik tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.