Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЭКОЛОГИК МАДАНИЯТНИ ЮКСАЛТИРИШГА ҚАРАТИЛГАН ТАДБИР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ ЖАРАЁНИ ТИЗИМЛИ ТАШКИЛ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МФЙДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ИШЛАР БОШЛАНМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТ ВА АҲОЛИ УЧРАШУВИ: МАҲАЛЛА ТИНЧЛИГИ — УСТУВОР ВАЗИФА
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАР ЕЧИМИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ТАЪЛИМ ВА КУТУБХОНА ШАРОИТЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: БОЛАЛАР ХАВФСИЗЛИГИ МАСАЛАСИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ЙЎЛ ИНФРАТУЗИЛМАСИ
Hazoraspda mablagʻlardan maqsadli foydalanish yuzasidan nazorat-tahlil ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi Kotibiyat mudiri Vaisov Mash’al Islomovich tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-17-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida tizimli nazorat-tahlil ishlari olib borildi

 Hazorasp tuman Kengashining 31-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan muhim masalalardan biri – “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmasidan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan tuman hokimligi buxgalteriyasida oʻrganish ishlari tashkil etildi.

✅Oʻrganish jarayonida ajratilgan mablagʻlarning yoʻnaltirilishi, ularning tegishli sohalarga maqsadli sarflanishi hamda moliyaviy intizomga rioya etilishi atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, hujjatlar yuritilishi, hisobotlarning haqqoniyligi va shaffoflik darajasi ham sinchiklab koʻrib chiqildi.

📁Nazorat-tahlil ishlari davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

✅Mazkur jarayonlar hududda ajratilayotgan mablagʻlarning samaradorligini oshirish, ularning maqsadli sarflanishini taʼminlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1