Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЭКОЛОГИК МАДАНИЯТНИ ЮКСАЛТИРИШГА ҚАРАТИЛГАН ТАДБИР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ ЖАРАЁНИ ТИЗИМЛИ ТАШКИЛ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МФЙДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ИШЛАР БОШЛАНМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТ ВА АҲОЛИ УЧРАШУВИ: МАҲАЛЛА ТИНЧЛИГИ — УСТУВОР ВАЗИФА
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАР ЕЧИМИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ТАЪЛИМ ВА КУТУБХОНА ШАРОИТЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: БОЛАЛАР ХАВФСИЗЛИГИ МАСАЛАСИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ЙЎЛ ИНФРАТУЗИЛМАСИ
ENERGIYA SAMARADORLIGI VA TEJAMKORLIK — DAVR TALABI!

 Navbatdagi tadbir doirasida Termiz shahar Kengashiga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Mustafakulov “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filialida bo‘lib, tizim mutaxassislari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

📌 Muloqot markazida: O‘zbekiston Respublikasining “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi (O‘RQ-940-son, 07.08.2024-y.) Qonuni mazmun-mohiyati va uning amaliyotdagi ijrosi bo‘ldi.

Uchrashuv davomida quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:

🔹 Sohani modernizatsiya qilish va energiya yo‘qotishlarini kamaytirish;

🔹 Ish jarayonlariga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish;

🔹 Tizimni to‘liq raqamlashtirish orqali shaffoflik va samaradorlikni oshirish;

🔹 Mutaxassislarning sohani rivojlantirishga qaratilgan qiziqarli takliflari.

🤝 Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqotda xodimlar tomonidan yo‘llangan barcha savollarga deputat tomonidan atroflicha javoblar berildi. Bildirilgan takliflarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha aniq amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Energiya tejamkorligi — nafaqat iqtisodiy samaradorlik, balki kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimizdir!

Slide 1 of 3