Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЭКОЛОГИК МАДАНИЯТНИ ЮКСАЛТИРИШГА ҚАРАТИЛГАН ТАДБИР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ ЖАРАЁНИ ТИЗИМЛИ ТАШКИЛ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МФЙДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ИШЛАР БОШЛАНМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТ ВА АҲОЛИ УЧРАШУВИ: МАҲАЛЛА ТИНЧЛИГИ — УСТУВОР ВАЗИФА
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАР ЕЧИМИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ТАЪЛИМ ВА КУТУБХОНА ШАРОИТЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: БОЛАЛАР ХАВФСИЗЛИГИ МАСАЛАСИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ЙЎЛ ИНФРАТУЗИЛМАСИ
Deputat mahallada

Tuman Kengashi deputati L.Mustafakulova mahalla yettiligi a’zolari bilan birgalikda fuqarolardan kelib tushgan tadbirkorlik faoliyatiga oid murojaatni atroflicha o‘rgandi. Murojaat yuzasidan joyiga chiqib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Ayniqsa, yangi ish o‘rinlari yaratish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, hududda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, xonadonlar atrofini tartibga keltirish, ko‘chalarni toza saqlash va ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha keng qamrovli tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi. Fuqarolarga yashash muhitini yaxshilash har birimizning burchimiz ekani alohida ta’kidlandi.

Mazkur murojaat yuzasidan hokim yordamchisi tomonidan batafsil tushuntirish berilib, mavjud masalalarni qonunchilik doirasida hal etish tartibi, yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida ma’lumot taqdim etildi. Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etish yuzasidan amaliy choralar belgilab olindi.