Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЭКОЛОГИК МАДАНИЯТНИ ЮКСАЛТИРИШГА ҚАРАТИЛГАН ТАДБИР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ ЖАРАЁНИ ТИЗИМЛИ ТАШКИЛ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МФЙДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ИШЛАР БОШЛАНМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТ ВА АҲОЛИ УЧРАШУВИ: МАҲАЛЛА ТИНЧЛИГИ — УСТУВОР ВАЗИФА
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАР ЕЧИМИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ТАЪЛИМ ВА КУТУБХОНА ШАРОИТЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: БОЛАЛАР ХАВФСИЗЛИГИ МАСАЛАСИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ЙЎЛ ИНФРАТУЗИЛМАСИ
Jamoat transportida qulaylik va tartib ustuvor masala

Hududda jamoat transporti tizimini yaxshilash maqsadida xalq deputatlari Pastdargpom tuman Kengashi deputati F. Islomova tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Unda avtobuslarning muntazam harakatlanishi, yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovlar oralig‘i, shuningdek, yo‘lovchilarga yaratilgan sharoitlar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida ayrim yo‘nalishlarda transport vositalari belgilangan jadval asosida harakatlanmayotgani, ayrim avtobus bekatlarining holati talab darajasida emasligi aniqlandi. Xususan, bekatlarda soyabonlar yetishmasligi, o‘rindiqlarning nosozligi va axborot tablolarining yo‘qligi aholiga noqulaylik tug‘dirayotgani qayd etildi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berilib, jamoat transporti xizmatlarini yanada yaxshilash, aholiga qulaylik yaratish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 2