Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Tilakov tumandagi “Sohibkor” qishlog‘i fuqarolari tomonidan tibbiyot punktiga shifokor biriktirish masalasida ko‘tarilgan murojaat yuzasidan mas'ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yubordi.
Unda “Sohibkor” qishlog‘idagi tibbiyot punktini malakali shifokor bilan ta’minlash, hududga doimiy tibbiyot xodimini biriktirish hamda ushbu masalani ijobiy hal etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar haqida axborot taqdim etish so‘ralgan.