Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Qonun ijrosi va tibbiy xizmatlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Qobulov tomonidan Havotog‘ QFY Uchturgon QVPda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda patronaj hamshiralar faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida patronaj hamshiralar tomonidan biriktirilgan mikrouchastkalarda olib borilayotgan ishlar, aholining reproduktiv salomatligini muhofaza qilish borasidagi faoliyat hamda “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda aholiga tibbiy xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3