Xalq deputatlari tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan Balandchaqir mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida chorva mollarini identifikatsiyadan o‘tkazish, ularni ro‘yxatga olish va elektron bazaga kiritish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda bu boradagi qonunchilik talablari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Ayrim fuqarolar o‘rtasida mavjud noto‘g‘ri tushunchalar, xususan chorva mollarini ro‘yxatga olish kelgusida soliqqa tortilishiga sabab bo‘ladi degan fikrlar asossiz ekani izohlandi.
Uchrashuv yakunida fuqarolarni qonunning mazmun-mohiyatidan xabardor qilish, identifikatsiya jarayonlarida faol ishtirok etish hamda veterinariya xizmati xodimlari bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.