Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E. Qobulov tomonidan Changovul qishlog‘ida yashovchi fuqaro N. Abdullayeva murojaati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida fuqaro o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek tomorqachilikni rivojlantirish maqsadida imtiyozli kredit olish istagini bildirdi.
Murojaat mohiyati atroflicha tahlil qilinib, mahalla yettiligi bilan birgalikda fuqaroning ehtiyoji va imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Fuqaroga imtiyozli kredit ajratish tartibi yuzasidan batafsil tushuncha berilib, tomorqadan samarali foydalanish, daromadni oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.