AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI.
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashidagi 15-"Gulbog‘" saylov okrugidan saylangan deputat I.Xalmatov tuman Kengashi kotibiyati xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi.
✅ O‘rganish manzili: Tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi.
✅ Asosiy maqsad: Tasdiqlangan ish grafigiga asosan, tumanda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini tahlil qilish.
✅Jarayon davomida:
✅Bo‘sh ish o‘rinlari bazasining haqqoniyligi;
✅Fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va qayta tayyorlash tizimi;
✅"Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"da turgan ishsiz fuqarolar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi.
✅"Aholi bandligini ta'minlash — kambag'allikni qisqartirishning eng samarali yo'lidir. Har bir murojaat ortida inson taqdiri yotganini inobatga olgan holda, bu boradagi ishlar sifatini deputatlik nazorati ostida doimiy tahlil qilib boramiz," — deydi deputat I.Xalmatov.
✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aholi bandligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.