Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi tomonidan 73-oilaviy poliklinikada fuqarolarni qabul qilish jarayoni o'rganildi

🇺🇿Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi tomonidan 73-oilaviy poliklinikada fuqarolarni qabul qilish jarayoni o'rganildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi raisi Sh.Raxmonov hamda tuman O'zXDP raisi I.Musurmonov tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 73-oilaviy poliklinikada bo'lib, aholini qabul qilish jarayonlarini yaqindan ko'zdan kechirdilar.

O'rganish davomida muassasada fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, navbatlar tizimi, shifokorlarning o'z vaqtida ish joyida bo'lishi hamda aholiga ko'rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlarining sifati tanqidiy tahlil qilindi.

Tashrif yakunida bemorlar va murojaat bilan kelgan fuqarolarning fikrlari tinglanib, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda qabul jarayonlarini yanada qulaylashtirish bo'yicha mas'ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.