Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Fuqarolar muammolari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi raisi Sh. Akbarova tomonidan Qatortol mahallasida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaroning yashash sharoiti va mavjud muammolari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida fuqaro bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, uning fikr-mulohazalari, takliflari hamda mavjud muammolari atroflicha tinglandi. Shuningdek, murojaatda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mahalla yettiligi vakillari bilan birgalikda muammoning kelib chiqish sabablari muhokama qilinib, uni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni joyida aniqlash, ularning murojaatlariga amaliy yechim topish hamda manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini samarali tashkil etishdan iborat.

Slide 1 of 1