Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala o'rganildi: Uzun tumani tibbiyot birlashmasi faoliyati tanqidiy tahlil qilindi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan muhim masalalardan biri — O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qonun va qarorlari ijrosining tuman tibbiyot birlashmasida ta'minlanishi holati chuqur o'rganib chiqildi.
O'rganish jarayonida Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda Kengash kotibiyati mudiri O'.Rajabov tuman tibbiyot birlashmasi rahbari S.Yo'ldoshev bilan uchrashuv va muloqot olib bordilar.