Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Q. Shojanov tomonidan Yangiariq tumanidagi “Sherobod” va “Shixbog‘i” mahallalari hududidan o‘tuvchi kanallarda suv ta’minoti va suv taqsimoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
💧 Mazkur so‘rovga javoban, “Sherobod” kanali Toshsoqa tizimidagi magistral sug‘orish kanallarini qayta tiklash loyihasining 2-bosqichiga kiritilgani, kanalni betonlashtirish hamda undagi gidrotexnik inshootlarni rekonstruksiya qilish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
🤝 Ushbu ishlar qishloq xo‘jaligi yerlarini suv bilan ta’minlash, suv resurslaridan samarali foydalanish va mahallalardagi mavjud muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.