Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
🏫 TA’LIM MUASSASALARINING MAVSUMGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
☀️ QUYOSH PANELLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI: FARZANDI SALOMATLIGI UCHUN AMALIY YORDAM KO‘RSATILADI
янв.21
🏟 NURAFSHON MAHALLASIDA SPORT INSHOOTLARI VA SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
🍂 2-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
SUV KODEKSI IJROSI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
🏢 KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH — QONUN TALABI
янв.21
⚖️ MANFAATLAR TO‘QNASHUVINING OLDINI OLISH — QONUN TALABI
янв.21
🏛️ YOSHLAR BANDLIGI VA YETAKCHI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
Kengash_faoliyati

Bandixonda “Khilal-Vortex” ip-kalava korxonasi faoliyati bilan tanishildi

✅ Bandixon tumanida sanoat salohiyatini oshirish, paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

✅ Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari O.A. Ishpo‘latov va B.X. Yo‘ldoshev “Khilal-Vortex” MCHJ tomonidan tashkil etilgan yirik tekstil loyihasi faoliyati bilan tanishdilar.

✅ Umumiy qiymati 188,7 milliard so‘m bo‘lgan korxonada Bandixon va Muzrabot tumanlarida yetishtirilgan 20 ming tonna paxta xomashyosi qayta ishlanib, paxta va sun’iy tola aralashmasidan yuqori sifatli ip-kalava ishlab chiqarilmoqda. Korxonada 300 nafar mahalliy xotin-qizlar va yoshlar doimiy ish bilan ta’minlangan.

✅ Tashrif davomida ishlab chiqarish sexlaridagi mehnat sharoitlari, mahsulot sifatini yaxshilash va eksport hajmini oshirish, shuningdek, sanoat sohasida sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 3