Bekobod tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli bolalar bo‘limidagi isitish tizimining nosoz holatda ekanligi, muassasaning qish mavsumiga yetarli darajada tayyorlanmaganini ko‘rsatmoqda.
Ushbu holat Mahalliy Kengash deputatlari tomonidan chuqur o‘rganildi.
Mavjud muammoni bartaraf etish maqsadida Kengash raisi bilan hamkorlikda aniq choralar ko‘rilmoqda.
Ishonamizki, yaqin kunlarda bemor bolajonlar uchun issiq va qulay sharoit yaratiladi.
Chunki bu masala Kengash raisi va deputatlar nazoratida.
Zero, kelajagimiz bo‘lmish bolajonlar sog‘lom va baxtli ulg‘ayishlari shart!
#DeputatNazoratida #Bekobod #Sog‘lomAvlod