Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati T.Palvanov Hazarasp tumanidagi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tdazdilar. Unda mamlakatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan so‘nggi Prezident qaror va farmonlarining mazmun-mohiyati, ularning
joylarda ijrosi hamda fuqarolar hayotidagi amaliy natijalari atroflicha muhokama qilindi.
Prezident qarorlari, avvalo, odamlarning farovonligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish kabi ustuvor yo‘nalishlarga qaratilganligi ta’kidlandi.Uchrashuv davomida saylovchilar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi, mavjud muammolar o‘rganilib joyida hal etildi.Bunday uchrashuvlar xalq bilan muloqotni mustahkamlab, «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan tamoyilni amalda tasdiqlaydi.