Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

"Yashil makon" umummilliy loyihasi:

Bekobod tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida korxona va tashkilot xodimlari, tuman Kengashi deputatlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida daraxt ekish ishlari amalga oshirildi.

Tadbir davomida yo‘l yoqalaridagi bo‘sh maydonlarga manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekildi. Ushbu ezgu tashabbus atrof-muhitni asrash, ekologik muvozanatni saqlash hamda yosh avlodda tabiatga mehr va e’tibor tuyg‘usini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu ishlar ona tabiatni asrashga undashi bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 4