Deputat Hazarasp tumanidagi 34-son maktabda bo‘lib, Yangi o‘quv yilining muammosiz davom etishini ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini o‘rgandi. O‘rganish davomida isitish tizimlarining holati, elektr va suv ta’minoti, deraza va eshiklarning issiqlik saqlash darajasi, o‘quv xonalarining gigiyenik holati hamda xavfsizlik choralari
ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi-o‘quvchilar uchun qulay, xavfsiz va sog‘lom ta’lim muhitini yaratishdan iboratdir.