Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati Q. Bobojonov mas’ul rahbarlar bilan birgalikda Farhod, Qo‘rg‘on va Qushtamg‘ali mahallalari uchun bunyod etilayotgan binolardagi ish jarayonlarini o‘rgandi.
Tashrif davomida deputat va mutasaddilar tomonidan qurilish ishlari sifati, xavfsizlik talablari hamda loyiha bo‘yicha belgilangan muddatlarga amal qilinishi holati o‘rganildi.
Mazkur tashabbus mahallalarda yaratilayotgan yangi infratuzilma orqali fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.