10-Ilg‘or saylov okrugidan saylangan deputat I. Xoliqberdiyev tomonidan o‘z hududiga qarashli “Ko‘rg‘on” mahallasi binosi hamda 25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
Shuningdek, “Uzumzor” ko‘chasida yashovchi aholi tomonidan bildirilgan shag‘allashtirish masalasi yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Mas’ul tashkilot rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, mavjud muammoga amaliy yechim topish choralarini ko‘rish belgilandi.
Deputat nazorati — xalq ishonchi va hudud taraqqiyoti yo‘lida!