35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#Deputat_faoliyati

✅"Ramadan" mahallasida aholi ishtirokida "Yo‘l madaniyati — xavfsiz hayot kafolati" aksiyasi doirasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Zangiota tuman Kengashi deputati A.Shapovalov, Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Q.Berdiboyev hamda tuman Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi yo‘l-patrul xizmati inspektori ishtirok etdi.

✅Targ‘ibot davomida mahallaning asosiy ko‘chalarida haydovchilar, piyodalar va boshqa yo‘l harakati ishtirokchilariga targ‘ibot bukletlari tarqatildi. Shuningdek, yo‘l harakati qoidalariga, belgilangan tezlik me’yorlariga qat’iy rioya etish, piyodalar o‘tish joylaridan to‘g‘ri foydalanish hamda har bir fuqaroning huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

✅Bunday targ‘ibot tadbirlari yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va yo‘llarda xavfsiz muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 4