35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#Deputat_mahallada


"Xalq dardi bilan yashagan deputatgina hudud rivojiga munosib hissa qo‘sha oladi."

♻️ Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati A.Shapavalov o‘z saylov okrugi hududidagi "Bog‘zor" mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning murojaatlarini tingladi.

📌 Muloqot davomida fuqarolar asosan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, elektr ta’minotidagi kuchlanishning pastligi hamda ichimlik suvi bosimining yetarli emasligi bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaat qildilar.

✅ Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, yechim talab etadigan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

🤝 Fuqarolar bilan doimiy muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 3