35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Кенгашлар

Ду
Се
Чо
Па
Жу
Ша
Як
04 сентябр 2026

Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

imgDoimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi ✅ Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#Deputat_faoliyati

img“O‘z ahvolidan o‘zi uyalgan bekatlar” — aholi muammolari deputatlar e’tiborida 📰 Tuman “Istiqbol” gazetasining 53-sonida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining aholi muammolarini o‘rganish borasidagi faoliyatiga bag‘ishlangan “O‘z ahvolidan o‘zi uyalgan bekatlar” nomli maqola chop etildi.

O‘rganish

imgXalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Turg‘unovga biriktirilgan Kengash kotibiyati mudiri G.Tursunova tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash holati o‘rganildi.

#Deputat_nazarati

imgAholi murojaati deputat nazoratiga olindi ♻️ Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati T.Xolikov tomonidan “Madaniyat” mahallasi aholisi tomonidan hududda daydi itlar ko‘payib ketgani yuzasidan yo‘llangan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi. ♻️O‘rganish davomida mahalla hududidagi mavjud holat ko‘zdan kechirilib, aholining xavfsizligi bilan bog‘liq masalaga alohida e’tibor qaratildi. ♻️O‘rganish natijalariga ko‘ra, tuman Obodonlashtirish boshqarmasining tegishli xodimlariga hududda nazoratsiz yurgan daydi itlarni tutish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. ♻️Aholi murojaatlarining amaliy yechimini ta’minlash va hududlarda osoyishtalikni mustahkamlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

#Deputat_nazarati

img“O‘rikzor” mahallasida yo‘l asfaltlash ishlari boshlandi ✨Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 5-okrug deputati N.Bayzakova tomonidan “O‘rikzor” mahallasiga kiruvchi asosiy avtomobil yo‘lining kirish-chiqish qismlarida olib borilayotgan obodonlashtirish va asfaltlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Qabul

imgZangiota tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Erkin Rustamov o‘z saylov okrugiga qarashli Amir Temur mahallasida fuqarolar qabulini o‘tkazdi. ✅Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaat qilib, taklif va mulohazalarini bildirdi. Fuqarolarning hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy masalalarni hal etish hamda boshqa dolzarb muammolar yuzasidan murojaatlari atroflicha tinglandi.

#Deputat_faoliyati

img«Shamsiddin ota» qabristonidagi obodonlashtirish ishlari va aholi murojaati deputat e’tiborida ♻️Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati T.Xoliqov Dehqonobod mahallasida joylashgan «Shamsiddin ota» qabristonida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

#Deputat_nazarati

imgZangiota tumanida yangi xususiy maktab faoliyat boshladi 🔰Zangiota tumanining “Bog‘zor” mahallasida Deutsch Smart School (DSS) xususiy maktabining yangi filiali tantanali ravishda ish boshladi. 🔰Tadbirda Zangiota tumani hokimi o‘rinbosari Ilyos Dostonov, “Bog‘zor” mahalla raisi, ota-onalar, jamoatchilik vakillari, ta’lim sohasi faollari hamda okrug deputati A.Shapavalov ishtirok etdi. 🔰Maktabda 1–11-sinf o‘quvchilari uchun nemis tili chuqur o‘rgatiladi.

#Deputat_faoliyati

imgXalq deputatlari tuman Kengashi 19-okrug deputati Sh.Murotov 2-sentabr kuni tumandagi 8-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilarni 1-sentabr — Bilimlar kuni hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdi.

#Deputat_nazarati

img“Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida sport inshootida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 8-okrug deputati N.Muxitdinova tomonidan “Tashabbusli budjet” jarayonlarida g‘olib bo‘lgan Zangiota tumani 1-son sport maktabi tasarrufidagi Ubay Musayev futbol o‘yingohida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.