Tuman Kengashi deputati G.Tursunova o‘z saylov okrugida joylashgan "O‘rtaovul" mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.Jarayonda mahallada aholining bandligini ta’minlash, daromad manbalarini ko‘paytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi.
♻️Deputat fuqaro M. Hakimovaning xonadonida ham bo‘lib, uning oilaviy ahvoli va muammolari bilan yaqindan tanishdi. Suhbat davomida fuqaroni qiynab kelayotgan masalalar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar berildi.
♻️Jumladan,17-OP mutasaddilari tomonidan fuqaroning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish choralari belgilandi. Vaqtincha ishsiz oila a’zolariga hokim yordamchisi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilib, bandligini ta’minlash ham nazoratga olindi.