35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

⚡️ OQ OLTIN MAHALLASIDA YUQORI QUVVATLI TRANSFORMATOR O‘RNATILISHI BO‘YICHA KENGASH QARORI IJROSI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kun tartibiga kiritilgan masala doirasida, Kengashning 19-moddasi 1-qismida belgilangan faoliyat yo‘nalishlari asosida hududiy deputat murojaatiga muvofiq, Oq oltin mahallasida yuqori quvvatli transformator o‘rnatilishi masalasi o‘rganildi.
⚡️ O‘rganish davomida aholini uzluksiz, barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektr ta’minoti tizimining ishonchliligini oshirish hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
📍 Jumladan, Oq oltin, Turkiston va Beshchikirma mahallalarida yangi transformator punktlarini qurish, mavjud transformatorlarni zamonaviy va yuqori quvvatli transformatorlarga almashtirish, shuningdek, Tuproqqal’a mahallasidagi 2 km uzunlikdagi 0,4 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini rekonstruksiya qilish ishlari belgilangan.
💰 Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun Shovot tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan 470 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.
👥 O‘rganish ishlarida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Masharipov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov ishtirok etdi.
✅ Mazkur ishlarning amalga oshirilishi hudud aholisini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2