🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, “Adolat” SDP a’zosi Dosova Gulxumar Kuranbayevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro **N.A.**ning bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi.
📋 Fuqaroga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berilib, bandligini ta’minlash maqsadida mos ish o‘rinlari taklif qilindi.
🤝 Fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatilib, tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar bandligini ta’minlash — ularning daromadini oshirish va ijtimoiy himoyasini kuchaytirishning muhim yo‘nalishidir.